INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA LEKSIK TEJAMKORLIKNING METAFORA ORQALI IFODALANISHI
Abstract
Ushbu tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida leksik tejamkorlikning metafora orqali namoyon bo‘lish mexanizmlarini tahlil qiladi. Leksik tejamkorlik minimal til birliklari orqali keng semantik mazmunni ixcham ifodalashga qaratilgan bo‘lib, metafora ushbu jarayonning eng muhim vositalaridan biri sanaladi. Metafora yordamida murakkab tushunchalar obrazli, qisqa va ma’nodorligi yuqori shaklda bayon etiladi. Ingliz tilida konseptual va abstrakt metaforalar ko‘proq qo‘llanib, texnik va kognitiv jarayonlarni ifodalashda tilni tejamkor qiladi. O‘zbek tilida esa milliy-madaniy obrazlar, emotsional ifodalar va kundalik hayotga oid metaforalar mazmunni ixcham berishda yetakchi o‘rin egallaydi. Qiyosiy tahlil ikki tilda metaforaning umumiy funksiyasi bir xil bo‘lsa-da, ularning semantik tuzilishi va madaniy motivatsiyasi farq qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari metaforaning har ikki til tizimida nutq samaradorligini oshiruvchi, mazmunni boy va ixcham qiluvchi asosiy vosita ekanini tasdiqlaydi.
References
1. Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of Chicago Press.
2. Croft, W., & Cruse, D. A. (2004). Cognitive Linguistics. Cambridge University Press.
3. Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. Harvard University Press.
4.MacCormac, E. (1985). A Cognitive Theory of Metaphor. MIT Press.
5. Qo‘ng‘urov, R. (2015). Tilshunoslikka kirish. Toshkent: Fan nashriyoti.
6. Hojiev, A. (2007). O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: O‘qituvchi.
7. Mamajonov, A. (2018). Til va nutqning prаgmаtik xususiyatlari. Toshkent: Akademnashr.
8. Karimov, Sh. (2021). O‘zbek tilida semantik ko‘chishlar va metaforik ifodalar. Til va Adabiyot jurnali, 4(2), 56–63.




















