O‘QUVCHILARDA TADBIRKORLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA TEXNOLOGIYA FANINING O‘RNI: BLOOM TAKSONOMIYASI ASOSIDA YONDASHUV

Authors

  • Soliyevа Gulhаyo Xoshimjon qizi Author

Abstract

Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayonida nafaqat nazariy bilimlarni berish, balki o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka, tashabbuskorlikka va amaliy ko‘nikmalarga ega shaxs sifatida tarbiyalash muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar ham ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishni, o‘quvchilarda kasbiy va tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Shu nuqtai nazardan texnologiya fani o‘quvchilarni hayotga, kasb-hunar tanlashga va bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z o‘rnini topishga tayyorlaydigan eng muhim fanlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, bu fanni o‘qitishda Bloom taksonomiyasi yondashuvini qo‘llash samaradorlikni oshiradi. Chunki ushbu yondashuv bilimlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni, ularni tahlil qilish, amaliyotda qo‘llash va yangilik yaratishga olib keladi.

Downloads

Published

2025-09-21