HIKOYADA ROVIY OBRAZINING XUSUSIYATLARI
Abstract
Roviy milliy adabiyotshunoslikda nisbatan keyin iste’molga kiritilgan atama bo‘lib, ungacha muallif yoxud muallif vazifasini bajaruvchi obraz istilohlarida qo‘llanilgan. Bu istiloh ma’noviy jihatdan “hikoya qiluvchi” ma’nosini bildirib, roviy atamasiga tengdir. Lug‘at va tadqiqotlarda roviyni muallif bilan tenglashtirmaslik uqtiriladi. Buning sababi shundaki, epik asarda ko‘pincha bayon muallif nomidan olib borilsa-da, u aynan mana shu ijodkorning o‘zi emas. Hatto muallif o‘z shaxsi haqida yozayotganda ham to‘la-to‘kis o‘zini ifodalamaydi. Badiiy matn doirasida u mana shu matn qonuniyatlaridan kelib chiqib, jiddiy sifat evrilishlariga uchraydi, natijada o‘z ijodkori shaxsiyatidan ajralib turuvchi mustaqil bir obrazga aylanadi. Jahon, shu jumladan, o‘zbek hikoyachiligida roviy sifatida ko‘pincha konkretlashmagan uchinchi shaxs” ishtirok etadi. Hikoya matnida uchinchi shaxs sifatida namoyon bo‘lib, bayonchi vazifasini bajaradigan roviy har bir asarda mana shu poetik qurilmaning ruhi, strukturasi, badiiy konsepsiyasidan kelib chiqib, o‘ziga xos xarakter hamda ovozga ega alohida obraz vazifasini bajaradi. Jahon hikoyachiligi tarixida roviyning “men” tarzida faoliyat ko‘rsatishi nisbatan kamroq uchraydi. Maqolada ushbu fikrlar muayyan bir asarlar misolida tahlil qilingan.
References
1. Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: «Акаdетпаshг», 2010. – Б. 256.
2. Шукур Холмирзаев. Сайланма. II жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 19.
3. https://www.bukinistu.ru/rasskazchik.htm
4. https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/erkin-azam/erkin-azam-aralashqorgon-hikoya.
5. Murodov G‘., Shukurova B. Badiiy adabiyotning tasvir obyekti, ma’rifiy va estetik ahamiyati.// Models and methods for increasing the efficiency of innovativ research: a collection scientific works of the International scientific conference (11December, 2021) – Copenhagen:. ISSUE 6 – 298 p. –Р.32-37.
6. B. Shukurova. Hikoya badiiyati.Monografiya Termiz-2024.