KREDIT-MODUL TIZIMIDA O‘QUV-ME’YORIY HUJJATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada kredit-modul tizimi sharoitida o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada o‘quv-me’yoriy hujjatlarning pedagogik mohiyati, ularning kredit-modul tizimidagi funksional vazifalari hamda ta’lim jarayonini tashkil etishdagi didaktik imkoniyatlari yoritilgan. O‘quv rejalari, fan dasturlari, sillabuslar, ta’lim natijalari va baholash mezonlarining o‘zaro konstruktiv uyg‘unligi kredit-modul tizimining samarali faoliyat yuritishida asosiy pedagogik omil sifatida asoslangan. Shuningdek, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni strategik, mazmuniy-didaktik, operativ-didaktik va baholovchi-diagnostik guruhlarga ajratish asosida ularning ilmiy tasnifi ishlab chiqilgan. Kredit-modul tizimida o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish ta’lim mazmunini natijaga yo‘naltirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish, baholash jarayonining obyektivligini ta’minlash hamda ta’lim sifatini boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishi aniqlangan.
References
1. “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sohaga doir hujjatlari.
3. Novikov A. M. Основания педагогики: пособие для авторов учебников и преподавателей педагогики. —Moskva: Egves, 2010.
4. Baydenko V.I. Компетентностный подход в современном образовании. – Moskva, 2005.
5. Biggs J., Tang C. Teaching for Quality Learning at University. – New York, 2011.




















