QORIN TIFI QO‘ZG‘ATUVCHISINI MORFOLOGIYASI VA BIOLOGIK XUSUSIYATI

Authors

  • Mirzaqulov Jasurbek Soibjon o‘g‘li Author
  • Nabiyeva Mubinaxon Dilshodjon qizi Author

Abstract

 Ushbu ishda qorin tifi kasalligining qo‘zg‘atuvchisi — Salmonella typhi bakteriyasining morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlari yoritilgan. Salmonella typhi grammanfiy, tayoqchasimon shaklga ega, harakatchan bo‘lib, peritrix joylashgan kiprikchalari mavjud. Spora hosil qilmaydi, kapsulasi mavjud bo‘lib, u bakteriyaning virulentligini oshiradi. Biologik jihatdan fakultativ anaerob hisoblanadi, oddiy oziqa muhitlarida yaxshi o‘sadi hamda endotoksin ishlab chiqaradi. Maqolada bakteriyaning tashqi muhitga chidamliligi, patogenlik omillari va organizmda kasallik chaqirish mexanizmlari haqida ham qisqacha ma’lumot berilgan. Ushbu annotatsiya qorin tifi qo‘zg‘atuvchisining asosiy xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

References

1. Vohidova A. M., Mikrobiologik laboratoriya va diagnostika. Samarqand: “Tibbiyot ko‘zgusi”, 2021.

2. Vohidova A. M., Muratova Z. T., Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fannining amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari. Samarqand: 2023.

3. Muxamedov I. M. va boshqalar, Klinik mikrobiologiya: shifokor-mutaxassislarga laborator tashxis. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.

4. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N., Zokirov M., Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.

5. G‘anixo‘jayeva A. B., Nazarova H. A., Umumiy mikrobiologiya. Toshkent: Ilm ziyo, 2017.

6. Kurbanova S. Yu., Mikrobiologiya va immunologiya. Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2015.

7. Muxammedov I. M., Rizayev J. A., Klinik mikrobiologiya (lotin yozuvida nashr), Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017.

8. Shapulatova Z. J., Mikrobiologiya. Toshkent: Fan va texnologiya, 2013.

Downloads

Published

2026-06-12