ODAMLARNING TASHQI QIYOFA BELGILARI ASOSIDA IDENTIFIKATSIYA QILISH

Authors

  • Mamanarov Xaitmurat Author

Abstract

Mazkur maqolada odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tashqi qiyofa belgilari, ularni aniqlash va tavsiflash usullari, shuningdek, kriminalistik identifikatsiyada ulardan foydalanish tajribasi o'rganiladi. Shu bilan birga, tashqi belgilarning individual xususiyatlarini aniqlashda duch kelinadigan qiyinchiliklar va ularning yechimlari haqida tavsiyalar berilgan. Odamlarning tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya qilish kriminalistika va xavfsizlik sohasida muhim yo'nalishlardan biridir. Zamonaviy texnologiyalar va biometrik usullarning rivojlanishi tufayli tashqi belgilarning shaxsni aniqlashdagi roli yanada ortib bormoqda. Bunday identifikatsiya usullari nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashda, balki boshqa turli sohalarda, masalan, chegara nazorati, xalqaro xavfsizlik va texnologik xavfsizlikni ta'minlashda ham qo'llaniladi. Mazkur maqola tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya qilish masalalarini nazariy va amaliy jihatdan o'rganishga qaratilgan bo'lib, ushbu usullarning samaradorligini oshirishga oid tavsiyalarni o'z ichiga oladi.

References

1. Bazarova D.B., Astanov I.R. Kriminalistika va ekspertiza. Darslik. – T.: TDYuU, 2019. – 300 b.

2. Kriminalistika. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYuU, 2018. – 553 b.

3. Kriminalistika. Uchebnik. Kollektiv avtorov. –T.: TGYuU, 2018. – 516 s.

4. Kriminalistika: Darslik / T.B.Mamatqulov, I.Astanov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015.

5. Mamatkulov T.B., Djumanov SH.T., Turgunov U.T. va boshq. Kriminalistik taktika: Darslik. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – 218 b.

6. Kriminalistika. Darslik. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: TDYuU, 2018. – 515 b.

Downloads

Published

2024-12-20