BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVODXONLIK KO‘NIKMASINI TARKIB TOPTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI VA SAMARALI YONDASHUVLARI

Authors

  • Eshmanova Nodira Nazarkulovna Author
  • Rustamova Mohina Akbarali qizi Author

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonlik ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda savodxonlik tushunchasi nafaqat o‘qish va yozish malakalari yig‘indisi sifatida, balki o‘quvchining kommunikativ, kognitiv va ijtimoiy kompetensiyalarini integratsiyalovchi murakkab pedagogik jarayon sifatida yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta’lim paradigmasi asosida savodxonlikni rivojlantirishda interfaol metodlar, CLIL yondashuvi, STEAM elementlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslanadi.. Statistik ma’lumotlar asosida savodxonlik ko‘rsatkichlarini oshirishda differensial yondashuv, o‘yin texnologiyalari va reflektiv o‘qitish strategiyalarining samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash, matnni tahlil qilish va mazmunni ongli anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishda kompleks metodik yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

References

1.Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.

2.Mavlonova R. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

3.Muslimov N. Pedagogik kompetentlik va innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: Fan, 2019.

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid qarorlari va farmonlari. – Toshkent, 2019–2023.

5.Xodjayev B. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2021.

Downloads

Published

2026-04-11