DZYUDO KURASHI MASHG'ULOTLARINING O'QUVCHILAR SHAXSINI SHAKLLANTIRISHGA TA'SIRI

Authors

  • Komilov Aziz Xoshimovich Author

Abstract

Mazkur maqolada dzyudo kurashi mashg'ulotlarining o'quvchilar shaxsini shakllantirishga ta'siri ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda 10–15 yoshdagi 80 nafar o'quvchi ishtirok etgan bo'lib, tajriba va nazorat guruhlarida o'tkazilgan kuzatuvlar, testlar va statistik tahlil natijalari asosida dzyudo mashg'ulotlarining intizom, iroda, mas'uliyat, jamoaviylik va stressga chidamlilik kabi shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdagi samaradorligi isbotlangan. Olingan natijalar dzyudo tarbiyaviy vositalar majmuasi sifatida milliy ta'lim tizimiga integratsiya qilish imkoniyatlarini ochib beradi.

Downloads

Published

2026-03-27