METABOLIK SINDROMLI BEMORLARDA ODONTOGEN FLEGMONALARNI SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA DAVOLASHNI REJALASHTIRISH

Authors

  • Qabulova Sayyora Baxtiyor qizi Author

Abstract

Dolzarbligi: Yuz-jag‘ sohasi o‘tkir yiringli-infeksion kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash muammosi hozirgi kunda  dolzarb mavzu  bo‘lib qolmoqda. Stomatologik yordam ko‘rsatish sifatining oshishiga, mavjud usullarni takomillashtirishga va zamonaviy tashxis hamda davolash usullarini qo‘llashga qaramasdan, odontogen flegmonalar bilan og‘rigan bemorlar soni ortib bormoqda (Sanz M. 2020). Turli mualliflarning fikriga ko‘ra, odontogen flegmonalar bilan og‘rigan bemorlar jag‘-yuz statsionarlarining 60–70% gacha o‘rin fondini egallaydi. Yuz-jag‘ sohasi (JYS) odontogen kelib chiqishli flegmonalarining tarqalishi yil sayin ortib bormoqda. Jarayon bo‘yinga va o‘rta ko‘krak qafasiga tarqalganda o‘lim 60% gacha, infeksiya sepsis shokiga olib keluvchi darajada umumlashganda esa 90% gacha yetadi (Bastos va boshq. 2022). Yuz-jag‘ jarrohligida o‘tkir odontogen yallig‘lanish kasalliklarining kechishini bashorat qilish usullari ham taklif qilingan (Pasevich I.A. 2015; Solovyov M.M., Alekhova T.M., 2021). So‘nggi o‘n yilliklarda yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, bu usullar yetarli darajada axborot bermaydi va zamonaviy klinik amaliyotda kam qo‘llaniladi. Hozirda infeksiyalarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida immunomodulyator polioskidoniy tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. U tug‘ma va moslashuvchan immunitet mexanizmlariga kompleks ta’sir ko‘rsatadi (Mazurov V.I., 2021; Salex Ya.S., Volojin A.I. va hammualliflar, 2022; Fashxutdinov D.K., 2022). Shu sababli, turli xil yiringli kasalliklarda allergiya fonida detoksikatsion terapiya o‘tkazish har doim murakkab bo‘ladi va davolash usullarini tanlash har bir holatda individual tarzda hal qilinadi. Har bir holatda asoratlar xavfi minimal darajaga tushirilishi kerak. Yallig‘lanish — bu organizmning shikastlanishga nisbatan eng murakkab, ko‘p komponentli javob reaksiyasidir. Yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida maxsus va nomaxsus rezistentlik mexanizmlarining yetishmovchiligiga olib keluvchi asosiy sabablaridan biri bu antioksidant faollik (AOA)ning kamayishi, lipidlarning peroksid oksidlanish mahsulotlari (POL)ning to‘planishi, erkin radikal oksidlanish (ERO)ning kuchayishi bilan tavsiflanadigan oksidlovchi stressdir. Bu esa metabolik jarayonlar va hujayra yaxlitligining buzilishiga olib keladi (Yu.A. Vladimirov, 2018; Ye.P. Prosvirva, 2019; J.D. Crapo, 2023). Yuz-jag‘ sohasi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash bo‘yicha ko‘plab yondashuvlar taklif etilgan bo‘lsa-da, ularning hech biri universal va to‘liq samarali emas. Ayniqsa bu holat metabolik sindromli bemorlarga taalluqlidir, chunki ular uchun odontogen flegmonalar og‘ir va asoratli kechadi. Bunday bemorlarda uglevod, yog‘ va oqsil almashinuvi buzilishi, surunkali giperglikemiya, insulinrezistentlik, shuningdek, tomir endoteliyining va immun javobning disfunktsiyasi yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi va reparativ mexanizmlarning sekinlashuvi uchun qulay sharoit yaratadi. Mikrosirkulyatsiyaning buzilishi va to‘qimalarning antioksidant himoyasining pasayishi oksidlovchi stressning kuchayishiga olib keladi, bu esa og‘ir intoksikatsiya, kasallikning cho‘zilishi va infeksiyaning umumlashuvi ehtimolini oshiradi. Shu munosabat bilan, metabolik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda odontogen flegmonalarni bashorat qilish va davolashni rejalashtirishning yangi yondashuvlarini izlash alohida dolzarblik kasb etadi. Sun’iy intellekt (SI) usullarini qo‘llash katta hajmdagi klinik va laborator ma’lumotlarni tahlil qilish, metabolik buzilishlar va asoratlar xavfi o‘rtasidagi yashirin bog‘liqliklarni aniqlash, shuningdek, terapevtik taktika individualizatsiyasiga keng imkoniyatlar yaratadi. Kasallik kechishini bashorat qilish va bemorning metabolik holatini hisobga olgan holda optimal davolash sxemalarini tanlashga qodir SI modellari ishlab chiqish va joriy etish davolash samaradorligini oshirish, shifoxonada yotish muddatini qisqartirish va noxush natijalar chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Shunday qilib, sun’iy intellekt texnologiyalarini yuz-jag‘ jarrohligi klinik amaliyotiga integratsiya qilish odontogen flegmonalar bilan metabolik buzilishlar fonida og‘rigan bemorlarni davolash sifatini va xavfsizligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishidir.

Downloads

Published

2026-02-08