MARJONBULOQ OLTIN AJRATISH SEXI TEXNOGEN CHIQINDILARINI VA BOYITISH MAHSULOTLARINI PIROMETALLURGIK HAMDA GIDROMETALLURGIK ISHLOV BERISH
Abstract
Ushbu maqolada Marjonbuloq oltin ajratish sexi texnogen chiqindilari va ularni boyitishdan olingan mahsulotlarni gidrometallurgik, pirometallurgik ishlov berish hamda ushbu jarayonlarda olingan mahsulotlarning moddiy tarkibini o‘rganish bo‘yicha mineralogik va kimyoviy tahlil natijalari keltirilgan. Gidrometallurgik, pirometallurgik ishlov berishda olingan mahsulotlarning moddiy tarkibi spektral, kimyoviy atom- adsorbsion, mineralogik, ratsional, granulometrik va boshqa tahlil usullari orqali o‘rganilgan. Ikki bosqichli oksidlovchi kuydirish elektr mufelli pechda amalga oshirildi. Eksperimental jarayonda sulfidli uchuvchan moddalarni kuydirish uchun, birinchi bosqichda 350-450o C xaroratda qizdirildi, ikkinchi boskichda xaroratni 550-700o C ga koʻtarildi, har bir bosqichning davomiyligi 1-1,5 soatdan iborat. Sulfidli minerallarning avtoklav oksidlanishi (kislorodsiz) yuqori bosimli kimyoviy reaktorda amalga oshirildi. Qattiq moddaning suyuqlikka va reaktivga-erituvchiga nisbati tajriba shartlariga mos ravishda oʻzgartirildi. Kuydirishdan keyingi mahsulotlar, kuydirish kullarini va avtoklavda oksidlangan keklarini oltin, kumush va sulfid tarkibini aniqlash kimyoviy tahlil uchun yuborildi, qolgan mahsulotlar esa siyanidlashga yuborildi. Sulfidli minerallarning oksidlanish darajasi mahsulotlardagi sulfidli oltingugurtning qoldiq tarkibidan hisoblandi. Sulfidlarning miqdori va ularning oraliq analoglari kuydirish mahsulotlarida: gravitatsion va flotatsion boyitmalarning kullarida ~ 2-3%. Asosiy qismini qayta ishlashning ikkilamchi minerallari - temir oksidlari egallaydi. boyitiluvchanlik holatiga ko‘ra chiqindidagi oltin o‘rta va past navlidir. Asosiy nometall minerallar kvars, dala shpati, karbonatlar, seritsit va xloritlardir.