GEMORRAGIK VASKULITNI KLINIK KECHISHIDA PROFILAKTIK CHORALARINI OLIB BORISH
Abstract
Gemorragik vaskulit (GV)- immun kompleks mexanizm orqali rivojlanadigan, mayda qon tomirlarning yallig‘lanishi va shikastlanishi bilan kechuvchi noma’lum etiologiyali, autoimmun kasallikdir. Kasallik infeksiya, allergiya, dori vositalari, oziq-ovqat allergenlari va vaksinalarga immun javob natijasida rivojlanishi mumkin. Kasallik asosan 3–15 yoshdagi bolalarda uchraydi. Bolalar orasida tarqalishi: Har yili 100 000 boladan taxminan 10–20 nafari ushbu kasallikka chalinadi. Yoshga nisbatan eng ko‘p uchraydigan yosh guruhi 4–10 yoshni tashkil etadi. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kamdan-kam uchraydi. Jinsiy tafovut bo‘yicha o‘g‘il bolalar GV bilan qiz bolalarga qaraganda 1,5–2 baravar ko‘proq kasallanadi. Ko‘proq kuz-qish va bahor oylarida uchraydi, chunki bu davrda respirator virusli infeksiyalar va streptokokk infeksiyalari ko‘payadi. Tadqiqotda kasallikning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi tahlil qilinib, optimallashtirilgan chora-tadbirlar taklif etilgan. Profilaktika strategiyalari infeksiyalarni nazorat qilish, allergen omillarni kamaytirish, immunitetni mustahkamlash va dori vositalari yordamida kasallikning oldini olishga qaratilgan. To‘g‘ri profilaktika choralari GV ning klinik kechishini yengillashtirish, retsidivlar sonini kamaytirish va asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
References
1. Brunton L., Chabner B., Knollmann B. Goodman & Gilman's The Pharmacological Basis of Therapeutics. 12th Edition. – McGraw-Hill, 2011.
2. Katzung B.G. Basic & Clinical Pharmacology. 14th Edition. – McGraw-Hill, 2018.
3. Hoffman R., Benz E.J., Silberstein L.E. Hematology: Basic Principles and Practice. 7th Edition. – Elsevier, 2017.
4. Goljan E.F. Rapid Review Pathology. 5th Edition. – Elsevier, 2018.
5. Martini F.H., Nath J.L., Bartholomew E.F. Fundamentals of Anatomy & Physiology. 11th Edition. – Pearson, 2017.
6. Ратнер Н.Б., Яковлев С.И. Клиническая фармакология и фармакотерапия. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2020.
7. Под ред. Г.И. Лазебника. Клинические рекомендации по диагностике и лечению геморрагического васкулита. – М.: Изд-во ВУНМЦ, 2019.
8. Uzbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi. "Gematologik kasalliklarni tashxislash va davolash protokoli", 2021.
9. Геморрагический васкулит у детей: что это такое, причины, симптомы, диагностика и лечение
10. ttps://mag.103.by/zdorovje/108783-gemorragicheskij-vaskulit-diagnostika-lechenije-klinicheskije-rekomendacii-pri-vaskulite-u-detej/
11. Геморрагический васкулит у детей | Информирования родителей о диагностике и лечении редких заболеваний у детей | Поликлиника города Жезказган
12. 2. Jiang M.Y., Li W., Xu X.P. et al. Role of p300 in the patho genesis of Henoch – Schonlein purpura nephritis and as a new target of glucocorticoid therapy in mice // Chin. Med. J. (Engl.). – 2019. – Vol. 132, №16. – Vol. 1942-1950.
13. ttps://lex.uz/docs/-5436849
14. 7. Rigante D., Castellazzi L., Bosco A. et al. Is there a cross road between infections, genetics, and Henoch – Schönlein purpura? // Autoimmun. Rev. – 2013. – Vol. 12, №10. – P. 1016 1021.
15. Wang X, Zhu Y, Gao L, Wei S, Zhen Y, Ma Q. Henoch – Schön lein purpura with joint involvement: Analysis of 71 cases // Pediatr. Rheumatol. Online J. – 2016. – Vol. 14, №1. – P. 20-26.
16. Nishanbayeva N. Y. Mirraximova MX Bolalarda atopik dermatitda oshqozon ichak traktidagi klinik laborator o ‘zgarishlarni aniqlash, tashxislash va davolash tamoyillarini takomillashtirish //Tibbiyotda yangi kun. – 2021. – Т. 6. – №. 38/1.
17. Mirrakhimova M. K. et al. Characteristics of Allergic Pathologies Progression in Young Children //American Journal of Medicine and Medical Sciences. – 2020. – Т. 10. – №. 9. – С. 652-656.
18. Mirrakhimova M. H., Nishanbaeva N. Y. Clinical Manifestations Of Connective Tissue Dysplasia In Children With Glomerulonephritis //Journal of Pharmaceutical Negative Results. – Т. 13. – С. 4203-4205.




















