O‘ZBEK XALQ ERTAKLARIDA OBRAZLAR TIZIMI VA ULARNING TUTGAN O‘RNI

Authors

  • Nozimova Himmatoy Komilovna Author

Abstract

Ushbu maqolamizda O‘zbek xalq og‘zaki  ijodining eng qadimiy janrlaridan bo‘lgan ertak janri hamda undagi qahramonlarning hayot bilan bog‘liq jihatlarini tahlilga tortganmiz. Ertak xalq og‘zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta-kichiklar uchun baravar  qiziqarli bo‘lgan janridir. Ular juda uzoq  o‘tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo‘lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy  turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o‘ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. Ertak janri barcha xalqlarning og‘zaki ijodida mavjud bo‘lib, har bir xalqning umuminsoniy fazilatlari, olijanob qarashlari, yuksak orzulari va intilishlarini o‘ziga xos milliy ruhda ifodalaydi. Jumladan, o‘zbek xalq ertaklarida xalqimizning o‘tmish va kelajak maishiy turmushi haqidagi qarashlari, axloqiy me’yorlari, ruhiy olami, o‘y-istaklari, orzu-armonlari, shuningdek, jonajon diyorimizning tabiiy iqlimi, geografik muhiti, hayvonot va nabotot olami ona tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalanilgan holda badiiy obrazli tarzda aks ettirilgan.

References

1. O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.

2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil.

3. O‘zbek xalq ertaklari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1969 yil.

4. M.Afzalov. O‘zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974 yil.

5. B.Sarimsoqov. O‘zbek adabiyotida saj. Toshkent, 1978 yil.

6. Qadimgi afandi latifalari. T., 1993.

Downloads

Published

2025-01-26