ELEKTROKIMYOVIY DAVOLASH VA DIAGNOSTIKA USULLARI

Authors

  • Axmedov Nodir Shovkatovich Author
  • Pardayeva Sohiba Author

Abstract

Elektrokimyoviy davolash va diagnostika usullari zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ular organizmning bioelektrik xususiyatlariga asoslangan holda patologik jarayonlarni aniqlash va davolashda keng qo‘llaniladi. Ushbu usullar fizik-kimyoviy jarayonlar yordamida biologik tizimlarning elektr faolligini baholash va ularga maqsadli ta’sir ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.Diagnostikada qo‘llaniladigan elektrokimyoviy usullar orasida elektrokardiografiya (EKG). Bu usul aritmiyalar, yurak ishemiyasi kabi kasalliklarni aniqlashda ishonchli vositadir. Elektroensefalografiya (EEG) esa miya faoliyatini o‘rganish uchun ishlatiladi. Elektromiografiya (EMG) esa mushaklar va nerv-mushak tizimining elektr faolligini tahlil qiladi.Davolash maqsadida ishlatiladigan elektrokimyoviy usullardan biri – elektroforez, bunda dori moddalar elektr toki yordamida to‘qimalarga yuboriladi, bu yallig‘lanishni kamaytirish va og‘riqni bartaraf etishda samarali hisoblanadi. Galvanoterapiya past kuchlanishli doimiy elektr toki yordamida qon aylanishini yaxshilash va nerv tizimini rag‘batlantirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, yurakning og‘ir aritmiyalarini bartaraf etishda defibrillyatsiya va dori vositalarini teri orqali tanaga yetkazishda ionoforez muhim rol o‘ynaydi.Elektrokimyoviy usullar bir qator afzalliklarga ega: invaziv bo‘lmaganligi, diagnostik jarayonlarning yuqori aniqligi va davolashning samaradorligi. Biroq, ular ba’zan qimmatbaho uskunalarni talab qiladi va ba’zi holatlarda malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.Umuman olganda, elektrokimyoviy usullar tibbiyotda keng qo‘llanilib, diagnostika va davolash sohalarini sezilarli darajada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ularning rivojlanishi kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashda yangi imkoniyatlar yaratadi.

References

1. Nikiforov, A. S. Elektrokimyo va uning tibbiyotdagi qo‘llanilishi. Moskva, Tibbiyot nashriyoti, 2018.

2. Vasiliev, P. I. Fizioterapiya asoslari: Diagnostika va davolash texnologiyalari. Sankt-Peterburg, 2020.

3. G‘aniyev, T. R. Tibbiy biologiya va fiziologiya. Toshkent, O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti, 2022.

4. Pet1. G‘aniyev, T. R. Tibbiy biologiya va fiziologiya. Toshkent, O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti, 2022.

5. Raxmatullaev, A. A. Fizioterapiya asoslari. Toshkent, O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti, 2019.

6. Mirzaev, I. M. Elektrokimyoviy diagnostika va davolash metodlari. Toshkent, Sharq nashriyoti, 2020.

7. Yusupov, S. Sh. Tibbiyotda elektroterapiya metodlari. Toshkent, Fan va texnologiya nashriyoti, 2018.

8. Ismoilov, A. T. Tibbiyotda elektrodiagnostika. Toshkent, O‘zbekiston tibbiyot nashriyoti, 2021.rov, A. V. Elektroterapiya va uning klinik qo‘llanilishi. Moskva, 2017.

9. Пардаева С. Б., Файзуллаев Н. И. Разработка оптимальных условий синтеза образцов высококремнистого цеолита //Universum: химия и биология. – 2022. – №. 7-1 (97). – С. 49-55.

10. Файзуллаев Н. И., Мамадолиев И. И., Пардаева С. Б. Исследование сорбционных свойств высококремнистых цеолитов из бентонита //ACADEMICIA An International Multidential Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 10. – С. 244-251.

11. Fayzullaev N., Pardayeva S. Natural gas drying technology //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 462. – С. 03010.

12. Pardayeva S., Fayzullayev N. Application of intercalary sorbents and technology of their extraction //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 6. – С. 23-34.

13. Pardayeva S. B., Fayzullaev N. I. Obtaining intercalar sorbents and their application //Asian Journal of Multidimensional Research. – 2021. – Т. 10. – №. 6. – С. 39-53.

14. Fayzullaev N., Pardaeva S. B. Cleaning of natural gas from sulphur preservative compounds //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2024. – Т. 3045. – №. 1.

15. Fayzullayev N. I., Umirzakov R. R., Pardaeva S. B. Study of acetylating reaction of acetylene by gas chromatographic method //ACS National Meeting Book of Abstracts. – 2005. – С. PETR-66-PETR-66.

16. Rayxona X., Boriyevna P. S. ZAYTUN MOYI VA BARGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2024. – Т. 7. – №. 10. – С. 93-98.

17. Пардаева С., Жумаева Ф., Ахмедов А. ФУНКЦИЯ БЕЛКОВ КЛЕТКИ //Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 10. – С. 369-379.

18. Fayzullaev N., Pardayeva S. Natural gas drying technology //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 462. – С. 03010.

19. Pardaeva S., Fayzullaev N. I. Study Of Texture And Sorbtion Properties Of High Silicone Zeolites Synthesed From Bentonite //NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO. – 2021. – С. 5958-5975.

Downloads

Published

2025-01-14