HANAFIY FIQHIGA OID MANBALARDA ISLOM IQTISODI ASOSLARI

Authors

  • Аманов Хошимжон Ботирович Author

Abstract

Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kategoriyalarga ajratib o‘rganganidek, islom iqtisodiyoti xam iqtisodiy voqe’likni muayyan iqtisodiy faoliyat turlariga bo‘lib o‘rganadi. Shunday faoliyat turlaridan biri bu moliya sohasiga oid bo‘lgan faoliyatlar va munosabatlardir. Islom iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlar ham xuddi islom iqtisodiyoti nazariyasi asoslangan tamal asoslarga tayangan holda barcha moliyaviy munosabatlarni shariat ahkomlari va halol-harom kategoriyasi asosida baholaydi. Islom iqtisodiyotidagi moliya tizimi va moliyaviy munosabatlarning asosiy jihati shundan iboratki, bunda har qanday moliyaviy munosabat islomiy ko‘rsatmalar doirasida bo‘lishi talab etiladi. An’anaviy iqtisodiyotda amalga oshiriladigan moliyaviy munosabatlar islom iqtisodiyoti qonuniyatlariga mos kelmasa, ularga muqobil variantlar ham ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2026-06-23