BAYKAL-EM-1 MIKROBIOLOGIK O'G'ITINING KUZGI BUG‘DOYGA TASIRI.

Authors

  • Yusupov Abdijabbor Ismatilloyevich Author

Abstract

Baykal EM-1 — bu ekologik toza, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan mikrobiologik o‘g‘it bo‘lib, o‘simliklarning o‘sishiga, rivojlanishiga va hosildorligining oshishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu biopreparat tarkibida foydali mikroorganizmlar majmuasi, xususan, azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar, fosfor erituvchi mikroblar va fitogormon ishlab chiqaruvchi zamburug‘lar mavjud. Baykal EM-1 qo‘llanilishi natijasida tuproq unumdorligi oshadi, organik moddalarning parchalanishi tezlashadi, zararli mikroorganizmlar faoliyati bostiriladi va o‘simliklar ildiz tizimi mustahkamlanadi. Maqolada Baykal EM-1 o‘g‘itining tarkibi, ishlatilish usullari, agrotexnik afzalliklari, shuningdek, uni turli qishloq xo‘jalik ekinlariga qo‘llashda kuzatilgan natijalar yoritilgan. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlariga asoslangan ilmiy ma’lumotlar keltirilib, o‘g‘itning samaradorligini ilmiy jihatdan isbotlovchi faktlar bilan mustahkamlangan. Bu mikrobiologik preparat ekologik xavfsizligi, iqtisodiy tejamkorligi va agroekotizimdagi muvozanatni tiklashdagi roli bilan ahamiyatlidir. Shu bois, Baykal EM-1 qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida e’tirof etiladi.

References

Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, T, 2007, 147 b.

«Методи агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливних хлопкових раёнах» (1963).

«Агрохимические методи исследования почв» (1975).

«Методи агрохимических исследований почв» (1980).

«Практикум по агрохимии» (1987, 2001).

«Tuproqning tarkibi xossalari va analizi» (1990).

Downloads

Published

2026-06-21