O‘ZBEK XALQINING MAVSUMIY MAROSIM FOLKLORI: TARIXIY ILDIZLAR VA JANRLAR TIZIMI
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining mavsumiy marosim folklori M. Jo‘raevning “O‘zbek mavsumiy marosim folklori” (2008) asariga asoslanib tadqiq etilgan. Tahlil natijasida o‘zbek marosim folklori turkiy madaniyatining qadimiy ildizlariga ega ekanligi, xalq taqvimi (dehqon, chorva, qush qayi, yulduz hisobi), kosmologik qarashlari (quyosh, oy kulti) va iqtisodiy faoliyati (dehqonchilik, chorvachilik) bilan chambarchas bog‘liqligi aniqlandi. Saymalitosh petroglyphlari orqali tarixiy ildizlar protosak davriga borib taqalishi ko‘rsatildi. Janrlar tizimi tahlil qilindi: bahorgi (Navruz, sumalak, “Sust xotin”), yozgi (“Choy momo”, “Yo Haydar”), kuzgi (“Oblo baraka”) va qishki (“Yas-yusun”) marosimlar dehqonchilik va chorvachilik odatlari (yer haydash, o‘simlik yig‘ish, hayvonlarni himoya qilish) bilan genetik va funksional o‘xshashliklarga ega. Ritual elementlar (qo‘shiq, aytim, irim-sirim) iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy birlik va ma’naviy uyg‘unlik vazifalarini bajarishi ochib berildi. Tadqiqot o‘zbek folklor merosining umumturkiy xususiyatlarini tasdiqlaydi va milliy folklorini o‘rganish va saqlashda yangi yondashuvlar taklif etadi.
References
1. Avesto. Fravardin alqovi - Avesto. Fravardin alqovi (Fravardin yasht) // O‘zbek tili va adabiyoti. 2001, Issue 2.
2. Avesto, 2001 - Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik. - Tashkent, 2001.
3. "Avesto. Yasht" - Avesto. Yasht kitobi. – Tashkent: Sharq, 2001.
4. Alaviya M., 1974 - Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – Tashkent: Fan, 1974.
5. Mamatqul Juraev. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. Tashkent – 2008.
6. "Ipak yo‘li afsonalari" - Ipak yo‘li afsonalari (collected, prepared for publication, and foreword by: M. Juraev). - Tashkent: Fan, 1993.
7. Abdulkərim Rahman. Uyğur Folkloru. Çeviri: Soner Yalçın, Erkin Emet. T.C. Kültür Bakanlığı.
8. "Kenja botir" - Kenja botir. Ertaklar. – Tashkent: Fan, 1974.
9. "Navro‘z" - Navro‘z (songs, legends, customs, and superstitions related to Navruz). Compilers: T. Mirzaev, M. Juraev. – Tashkent: Fan, 1992.
10. Sarimsoqov B., 1989 - Sarimsoqov B. Marosim folklori // O‘zbek folklori ocherklari. Volume 1. – Tashkent, 1989.
11. "Uyg‘ur xalыk yeg‘iz ijadiyiti" - Uyg‘ur xalыk yeg‘iz ijadiyiti. – Almaty, 1983.
12. Razzoqov H ., 1980 - Razzoqov H., Mirzaev T., Sobirov O., Imomov K. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. – Tashkent: O‘qituvchi, 1980.




















