AHOLI YASHASH JOYLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLANGANLIKNI OSHIRISH

Authors

  • Ashurov O.A. Author

Abstract

Havfsizlikni ta’minlashga oid masalalar bugungi kunda nafaqat huquq-tartibot organlarining, balki mahalliy hokimiyatlar, dizayn va qurilish tashkilotlarining ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bunday xavfsizlikka nafaqat yong‘in xavfsizligi balki ko‘chalar, yo‘l belgilarining to‘g‘ri joylashuvi, harakatni boshqarish tizimlari, piyodalar va transport vositalarining uyg‘un harakatlanishi kiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi turar joy dahalarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yangi qabul qilingan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida, xavfsizlikni ta’minlashga doir bir qator muhim qadamlar tashlandi. Misol uchun, zamonaviy texnologiyalar, video monitoring tizimlari, sensorli qurilmalar va avtomatik boshqaruv tizimlari orqali xavfsizlikni samarali tarzda ta’minlash imkoniyatlari yaratilmoqda. Bundan tashqari, harakat xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning ongli ishtiroki, yuridik va ijtimoiy chora-tadbirlar ham muhim rol o‘ynaydi.

References

1. O‘bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2022 yil 12 apreldagi 172-son. “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi 3127-sonli “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

3. “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi 377-son qarori.

4. Azizov.Q.X “Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash”. O‘quv qo‘llanma Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya institutining Ilmiy Kengashi tomonidan 2019 yil 26 dekabrda tasdiqlangan.

5. Yo‘l harakati qoidalariga batafsil sharhlar. A.A Nazarov, N.F Muhitdinov, A.R. Yusupov, I.M. Niyazmetov: -Toshkent; “ZUKKO KITOBXON” nashriyot-matbaa uyi, 2022 yil, 256 bet.

Downloads

Published

2026-05-22