SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM TIZIMIDAGI ANKETA SO‘ROVI NATIJALARI
Abstract
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti baholariga ko‘ra, shoshilinch tibbiy yordam past va o‘rta daromadli mamlakatlarda o‘limlarning 54 foizidan 90 foizigacha oldini olishi hamda hayot yillari bo‘yicha 900 milliondan 2,5 milliardgacha ko‘rsatkichni yaxshilashi mumkin. Shoshilinch tibbiy yordamning ta’siri xizmatning aholi barcha guruhlarida, hayot davomida uchraydigan turli o‘tkir shikastlanishlar va kasalliklar bilan kurasha olish qobiliyati bilan belgilanadi [1].
References
1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti byulleteni. 2019; 97: 612–619. DOI: http://dx.doi.org/10.2471/BLT.18.226605
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16.06.2022 dagi PQ-283-son “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.




















