O‘QUVCHI SHAXSINI IJTIMOIY RIVOJLANISHI VA HIMOYASIDA IJTIMOIY ISH MUTAXASSISINING KASBIY KOMPETENSIYALARI

Authors

  • Tolibov Bekzod Xakimovich Author
  • Xoshimova Mohinurxon Baxtiyor Qizi Author

Abstract

Mazkur  maqola, o‘quvchi shaxsining rivojlanishi va ijtimoiy himoyasini ta’minlashda ijtimoiy ish mutaxassisining kasbiy kompetensiyalarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashga bag‘ishlangan. Maqolada o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuv jarayoni, uning psixologik barqarorligi hamda huquqiy himoyasi masalalari kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Ijtimoiy ish mutaxassisining kasbiy faoliyati huquqiy, ijtimoiy-pedagogik, diagnostik, kommunikativ va etik kompetensiyalar tizimi doirasida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash, xavf guruhidagi bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda oila-makta-jamiyat hamkorligini mustahkamlashda mutaxassisning institutsional roli yoritildi. Maqolada ilgari surilgan  nazariy xulosalar ta’lim tizimida ijtimoiy ish faoliyatini takomillashtirish va o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan professional yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

References

1. A.V.Petrovsky. “Bolalar va o‘smirlar psixologik rivojlanishi”. Toshkent. 2019-yil.

2. A.S.Makarenko. “O‘smirlar tarbiyasi: amaliy qo‘llanma”. Toshkent. 2020-yil.

3. L.S.Vygotskiy. “Psixologiyada yoshlar tarbiyasi” Qayta nashir. 2020-yil.

4. M.N.Latipova, N.Q.Qayumov. “Ijtimoiy ishning etik prinsiplari va qadiriyatlar”.2015-yil.

5. F.X.Nabiyev. “Ijtimoiy ish etikasi”. 2015-yil.

6. M.M.Abdurahmonova. “Maktablarda ijtimoiy ish”. Farg‘ona. 2022-yil.

7. S.Mannopov. “Ijtimoiy ish xodimining etikasi va qadiriyatlari”. O‘quv-uslubiy ko‘rsatma. FarDU. 2017-yil.

8. M.Q.Rahmonov. “Ijtimoiy pedagogika”. Toshkent. 2022-yil.

Downloads

Published

2026-03-27