O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UZOQ MUDDATLI INVESTITSIYALARNING MOLIYALASHTIRISH MANBALARINI TAKOMILLASHTIRISH.
Abstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston iqtisodiyotida uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari va ularni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy iqtisodiyotda investitsiya jarayonlarining ahamiyati, ularning iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni hamda mavjud moliyalashtirish mexanizmlarining samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, bank kreditlari, davlat budjeti mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar, kapital bozori instrumentlari va korporativ moliyalashtirish kabi manbalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari mamlakat iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini yanada faollashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
References
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi (investitsiya va sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi) PF-4947-sonli 07.02.2017 yildagi farmoni.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida" (investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va tartibga solish bo‘yicha asosiy farmon)gi PF-5495-sonli 01.08.2018 yildagi farmoni.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida" (to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning yangi strategiyasi)gi PF-71-sonli 01.05.2024 yildagi farmoni.
4. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish – T.: Iqtisodiyot nashriyoti, 2020.
5. Investitsiya faoliyati – T.: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi nashri, 2019.
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2019-yil.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan qabul qilingan investitsiya siyosatiga oid farmon va qarorlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy statistik maʼlumotlari va hisobotlari.
9. A.J.Tuychiyev., N.S. Jalolova To’qimachilik korxonalarida uzoq muddatli investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari va uning hisobini takomillashtirish. 2026 yil 2-son, International Journal of Education, Social Science & Humanities.




















