ALOUDIN BUXORIYNING “FIQHU-L-AKBAR” ASARIGA YOZGAN SHARHIDAGI AQIDAVIY MAVZULAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Authors

  • Abdullo Gafurov Author

Abstract

Imomi A’zam Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150/699-767) rahmatullohi alayhi tobein, ulug‘ mujtahid va faqih, buyuk imom bo‘lib, hanafiy mazhabining muassisidirlar. U zot islom aqoidiga oid bir necha asarlar bitgan bo‘lib, aqida ilmini “al-Fiqh al-akbar” (“Katta fiqh”) deb ataganlar. Ana shu nomda asar ham yozganlar. Shuningdek, “al-Fiqh al-absat” (“Batafsil fiqh”), “al-Olim va-l-mutaallim” (“Ustoz va shogird”) kabi risolalar bilan birga bir necha vasiyatlari – shogirdlariga qilgan pand-nasihatlari mavjud. Shogirdlari va mazhab ahli tomonidan u zot rivoyat qilgan hadisi shariflar bir qancha “Musnad”, “al-Asor” kabi asarlarda jamlangan.

Downloads

Published

2026-02-20