KON LAHIMLARI ATROFIDAGI MASSIV KUCHLANISH VA UNGA TA’SIR QILADIGAN KON BOSIMI BAHOLSH

Authors

  • Melikulov A.D Author
  • Bakirov G’.X Author
  • Zuxritdinov D.X. Author

Abstract

Foydali qazilmani qazib olishda uni o‘rab turgan atrof tog‘ jinslari massivida, kon lahimlari o’tishdan  oldin massivda mavjud bo‘lgan tabiiy kuchlanishlar qayta taqsimlanadi. Natijada, lahim atrofida kuchlanishlar konsentratsiyasi vujudga keladi va lahimga yondoshgan tog‘ jinslari muvozanat holatiga kelguncha lahim ichiga siljiy boshlaydi. Agar kuchlanishlar konsentratsiyasining qiymati kon lahimiga tutashgan massiv hududlarida tog‘ jinslarining mustahkamlik chegarasidan oshib ketsa, tog‘ jinsida noelastik deformatsiyalar paydo bo‘lib, uning buzilishi bilan birga kechadi, bu esa kon lahimi gumbazi va devorlarining barqarorligini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Turg‘unlik yo‘qolganda tog‘ jinslarining lahim ichiga siljishi jadallashadi, natijada tog’ jinslarining qulash zonalari vujudga keladi. Shunday qilib, qazish ishlari boshlangandan so‘ng, mustahkamlagich o‘rnatilganda, tog‘ jinsi darhol unga faol ta’sir ko‘rsata boshlaydi, bu kon bosimining namoyon bo‘lishi hisoblanadi.

References

1. Меликулов А. Д. и др. Статья. Геомеханические фактори повышения эффективности геотехнологий с учетом их ресуровоспроизводства и ресурсобережения в современных рыночных условиях //Журнал «Проблемы энерго-и ресурсосбережения. – 2019. – №. 3. – С. 52-63.

2. Бакиров Г. Х. РАСЧЕТ ПАРАМЕТРОВ АРОЧНОЙ КРЕПИ ОТКАТОЧНОГО ШТРЕКА В УСЛОВИЯХ ШАХТЫ «КЫЗЫЛ-АЛМА» //Universum: технические науки. – 2022. – №. 8-1 (101). – С. 62-66.

3. Yu G. N. et al. MAINTENANCE OF UNDERGROUND MINING DEVELOPMENTS IN SEISMIC-TECTONIC ACTIVE AREAS //Austrian Journal of Technical and Natural Sciences. – 2022. – №. 5-6. – С. 26-36.

4. Bakirov G. et al. METALL ROMLI MUSTAHKAMLAGICH EGILUVCHAN QISMINING ISH SHAROITLARINI BAHOLASH VA UNING REJIMINI BOSHQARISH //Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 64-70.

5. Бакиров Г. X. и др. ОБОСНОВАНИЕ ПРИНЦИПОВ ВЫБОРА КОНСТРУКЦИИ И ОПТИМАЛЬНЫХ ПАРАМЕТРОВ КРЕПИ ПОДЗЕМНЫХ ВЫРАБОТОК //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2023. – Т. 3. – №. 33. – С. 162-167.

6. Sohibov I. Y. et al. “QIZIL-OLMA” KONI SHAROITIDA KON LAHIMLARIDAGI KON BOSIMINI EXAMINE 2D KOMPYUTER DASTURIDA HISOBLASH ISHLARINING TAHLILI //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. – 2023. – Т. 11. – №. 5. – С. 2414-2424.

7. Бакиров Г. Х. УПРАВЛЕНИЕ СОСТОЯНИЕМ МАССИВА В ЗОНАХ ОПОРНОГО ДАВЛЕНИЯ ПРИ СИСТЕМАХ С ОБРУШЕНИЕМ ВМЕЩАЮЩИХ ПОРОД //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2022. – Т. 3. – С. 9-13.

8. Бакиров Г. Х. Распределение напряжений вокруг выработанного пространства //Экономика и социум. – 2021. – №. 12-1 (91). – С. 827-832.

9. Меликулов А. Д. и др. Факторы обеспечения длительной устойчивости и безопасности подземных горных выработок шахт и рудников в условиях проявления тектонических процессов //Вопросы науки и образования. – 2019. – №. 19 (66). – С. 7-17.

Downloads

Published

2025-12-16