OIV-INFEKTSIYALI OʼTKIR DIАREYA BILАN KАSАLLАNGАN BOLАLАRDА OQSIL АLMАSHINUVI KOʼRSАTKICHLАRI.

Authors

  • G.K. Xudakulova Author
  • M.T. Muminova Author

Abstract

Asosiy guruhdagi bolalarda umumiy oqsil va albumin miqdorlari sog‘lom, 1- va 2-qiyosiy guruh bolalariga nisbatan past bo‘lib, bu ularning organizmida oqsil almashinuvining buzilganini va gipoproteinemiya rivojlanganini ko‘rsatadi. Ayniqsa alьbumin darajasining 2 barobar pasayishi (P<0,05) bu holatning klinik ahamiyatini tasdiqlaydi. α-1 globulin darajasi barcha guruhlarda bir xil bo‘lsa-da, ayrim holatlarda invaziv diareyalarda asosiy guruh bolalarida sezilarli pasayish (1,7 barobar, P<0,05) kuzatildi. α-2 globulin esa asosiy guruh bolalarda deyarli barcha holatlarda 1-qiyosiy guruhga nisbatan 2 barobar past (P<0,05) bo‘lib, bu oqsil sintezi jarayonlarining susayganini bildiradi. Asosiy guruhdagi bolalarda ß-globulin darajasi barcha qiyosiy guruhlarga nisbatan keskin past (3–8 barobar, P<0,001) aniqlangan. Bu esa organizmning immun va transport funksiyalarining susayganini ko‘rsatadi. Aksincha, γ-globulin miqdori asosiy guruhda yuqori bo‘lib, bu surunkali yoki uzoq davom etayotgan infektsion jarayonlarga javoban kompensator immun faollik ortishini bildiradi. Ayniqsa sekretor diareya bilan kasallangan bolalarda γ-globulin 1,7 barobar yuqori (P<0,05) bo‘lgani aniqlangan. O‘tkir diareya og‘irlashgan sari oqsil fraksiyalaridagi buzilishlar chuqurlashgan: α-2 va ß-globulinlar darajasi keskin kamaygan (P<0,05), γ-globulin esa yengil darajalarda oshgan, ammo og‘ir holatlarda barqarorlashgan. Bu holat immun tizimning kompensator javob mexanizmlari chegaralanganini ko‘rsatadi.

References

1. Binici, Irfan et al. “Plasma Free Amino Acid Profile in HIV-Positive Cases.” Current HIV research vol. 20,3 (2022): 228-235. doi:10.2174/1570162X20666220428103250

2. Davidenko V. S. i dr. Xarakteristika belkovogo profilya VICh u pasientov s vpervie viyavlennoy infeksiey //Infeksiya i immunitet. – 2024. – T. 14. – №. 4. – S. 795-808.

3. Hou, Gaopeng et al. “Innate immune sensing of rotavirus by intestinal epithelial cells leads to diarrhea.” Cell host & microbe vol. 33,3 (2025): 408-419.e8. doi:10.1016/j.chom.2025.02.005

4. Iroh Tam, Pui-Ying et al. “Pneumonia in HIV-exposed and Infected Children and Association With Malnutrition.” The Pediatric infectious disease journal vol. 37,10 (2018): 1011-1013. doi:10.1097/INF.0000000000001971

5. Komissarenko I. A., Levchenko S. V. Narushenie funksii kishechnika u pasientov s metabolicheskim sindromom //Lechashiy vrach. – 2022. – №. 7-8. – S. 62-70.

6. Kremplevskaya S. P. i dr. Vliyanie nutritivnogo statusa na techenie i isxodi ostrix respiratornix zabolevaniy u detey, protekayushix s porajeniem nijnix otdelov respiratornogo trakta //Russkiy medisinskiy jurnal. Medisinskoe obozrenie. – 2020. – T. 4. – №. 11. – S. 691-697.

7. Luft V. M., Dmitriev A. V. Glutamin i ego proizvodnie v korreksii metabolicheskix narusheniy u VICh-infisirovannix pasientov (nauchniy obzor) //Klinicheskoe pitanie i metabolizm. – 2020. – T. 1. – №. 1. – S. 27-35.

8. Polidori, Nella et al. “Amino Acid-Related Metabolic Signature in Obese Children and Adolescents.” Nutrients vol. 14,7 1454. 30 Mar. 2022, doi:10.3390/nu14071454

9. Wang, Bin et al. “Protein N-myristoylation: functions and mechanisms in control of innate immunity.” Cellular & molecular immunology vol. 18,4 (2021): 878-888. doi:10.1038/s41423-021-00663-2

10. Xasanova G. M. i dr. Porajenie jeludochno-kishechnogo trakta pri VICh-infeksii //Tixookeanskiy medisinskiy jurnal. – 2019. – №. 3 (77). – S. 24-28.

11. XRYaNIN A. A. i dr. VICh-INFEKSIYa I IMMUNOSUPRESSII //VICh-INFEKSIYa I IMMUNOSUPRESSII Uchrediteli: Obshestvo s ogranichennoy otvetstvennostyu" Baltiyskiy medisinskiy obrazovatelniy sentr". – 2022. – T. 14. – №. 2. – S. 50-54.

12. Zhang, Jing et al. “Amino acid metabolism dysregulation associated with inflammation and insulin resistance in HIV-infected individuals with metabolic disorders.” Amino acids vol. 55,11 (2023): 1545-1555. doi:10.1007/s00726-023-03325-x

Downloads

Published

2025-11-02