AHOLINI IJTIMOIY XAVFSIZLIGINI O‘RGANISH BU NAFAQAT INSONPARVARLIK AKTI, BALKI IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIK

Authors

  • Abduraxmanova Manzura Manafovna Author

Abstract

Bugungi kunda iktisodiyotni  modernizatsiyalash sharoitda O‘zbekiston ijtimoiy davlatga transformatsiya bo‘lar ekan, davlatning ijtimoiy xavfsizlik holatini doimiy monitoring qilish va baholab borish orqali davlatning ijtimoiy siyosatini takomillashtirib borish zaruratini, davlatning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash, uning kesimida aholini muammolari bilan bog‘liq ijtimoiy risklarni bartaraf qilish bilan bog‘liq xarakatlarni yuzaga keltiradi.  O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida jahon miqyosida tan olingan kambag‘allik darajasini o‘lchash metodlariga binoan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda monetar-nomonetar (ko‘p o‘lchovli milliy ko‘rsatkich) omillarni hisobga olib, kambag‘al shaxslarni aniqlash, monitoring qilish va kambag‘allikni qisqartirish milliy metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha  ham ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarning barchasi aholini ijtimoiy himoya qilishga, farovonligini taminlashga qaratilgan  masalalarni xal qilishligi  bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Downloads

Published

2025-09-01