SAYLOV VA SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATI – YOSHLAR SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA (SO‘ROVNOMA NATIJALARI BO‘YICHA)
Abstract
Qayd etib o‘tilganidek, respondentlarning 74,1 foizi saylovlarda ishtirok etganligini ma’lum qilgan. O‘zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra oxirgi parlament saylovlarida 15027529 nafar saylovchilar ishtirok etgan bo‘lib, bu jami saylovchilarning 74,72 foizini tashkil qiladi[1]. Umuman olib qaraganda, O‘zbekistonda yoshlarning saylov bilan bog‘liq siyosiy faolligi ancha yuqori hisoblanadi. Dastlabki, saylovlar o‘tgan asrning boshlarida o‘tkazilgan bo‘lsa sovet hokimiyati saylovda ishtirok etish fuqarolarning davlat hokimiyatini qo‘llab-quvvatlashining muhim ko‘rinishi deb bilgan va shu sababli turli yo‘llar – madaniy tadbirlar, arzonlashtirilgan yarmarkalar, ba’zan esa muriy yo‘llar bilan bo‘lsada saylovda ishtirok etishga undagan.
[1]https://saylov.uz/uz/press_service_in/yagona-sajlov-okrugi-b-jicha-sajlov-natizhalari-rasman-tasdi-landi-va-deputatlik-mandatlari-siyosij-partiyalar-rtasida-ta-simlandi - Марказий сайлов комиссияси брифинги. Мурожаат этилган сана: 29.10.2024 й.