MAMLUKLAR DAVRINING YETUK NAMOYONDASI - ALOUDDIN BUXORIY
Abstract
Muhammad ibn Muhammad ibn Alouddin Abu Abdulloh Buxoriy hanafiy hijriy 779, milodiy 1377 yilda tug‘ilgan. Bu davr Movarounnahrning iqtisodiy ahvoli ko‘tarilgan, turli obodonchilik ishlari yo‘lga qo‘yilayotgan va ilm fan tobora taraqqiy etib borayotgan davr edi. Alouddin Buxoriy ko‘plab ustozlardan ta’lim olgan. Dastlab otasi Muhammad ibn Alouddin va tog‘asi Alouddin Abdurrahmon Toshloqiylardan ta’lim oladi. Tog‘asi mashhur olim Izduddin Iyjiyning shogirdi bo‘lgan. Alouddin Buxoriyning eng mashhur ustozi Sa’duddin Taftazoniy hisoblanadi. Sa’duddin Taftazoniy Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelgan hamda bu yerda dars berish va kitob yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Alouddin Buxoriyning asosiy faoliyati Misrda mamluklar hukmronligi davrida o‘tgan. Tarixchi olim Saxoviyning bergan xabariga ko‘ra Alouddin Buxoriy 841/1438 yilda Damashqning Mizza mavzesida vafot etadi va shu yerga dafn qilinadi.
References
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur’oni Karim va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi. – T.: Sharq, 2011. – 640 b.
2. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. – T: Sano-standart, 2021. – 624 b.
3. Shayx Muhammad Ali Sobuniy. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tarjimasi. Islom shariatida meros ilmi. Qur’on va sunnat asosida. – T.: Hilol-Nashr, 2022. – 232 b.
4. Shayx Sirojiddin Muhammad ibn Muhammad Abdurroshid Sajovandiy. Assirojiy fil miyros – Bayrut: Al-Bushro, 2022. – 190 b.
5. Muhammad Ali Sobuniy. Al-mavaris fish-shariatil Islamiyya fi dov’il kitabi vas sunna. – Lubnan: (Nashriyot keltirilmagan), – 783 b.
6. Ahmad Nahor Zomil. Al-Muxtasar fi ilmil faroiz val mavaris alal mazhabil hanafiy. (Shahar va nashriyot keltirilmagan), – 351 b.
7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. – J. XII. – T.: Hilol-Nashr, 2022. – 203 b.
8. Sirojiddin Sajovandiy. Sharhul faroizis sirojiyya. – Lubnan: Daru tahqiqil kitab, 2021. – 320 b.
9. O’zbekiston musulmonlari idorasi. Faroiz fanidan ma’ruzalar matni kitobi. – T.: Movarounnahr, 2000. – 116 b.
10. Muhammad Amiyn Ibn Obidiyn . Roddul Muxtor ala Durril Muxtor, Qohira: Dorul kutubil ilmiyya, 1966. – 679 b.
11. Nosir ibn Muhammad ibn Mushril G’omidiy. Al-xulasotu fi ilmil faroiz. – Makkai mukarrama: Daru toyyibatil xodro, 2018. – 812 b.
12. Muhammad ibn Solih ibn Muhammad Asimin. Tas’hilul faroiz. (Shahar keltirilmagan) Daru ibn Javziy, 2006. – 135 b.
13. Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad G’azzoliy Damashqiy. Sharhul fusulil muhimma fi mavarisil umma. (Shahar keltirilmagan) Darul asima, 2004. – 728 b.
14. Faysal ibn Abdulaziz. Al-hujajul qotiatu fil mavarisil vaqia. – Saudiya: Daru kunuz Ishbiliya, 2006. – 73 b.