O’ZBEKISTONDA DUAL TA’LIM TIZIMINI JORIY ETISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLARI
Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida dual ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish istiqbollari chuqur tahlil qilinadi. Mazkur tizimning nazariy asoslari, xorijiy tajriba, O‘zbekiston amaliyotiga moslashuvi va uni rivojlantirishdagi muammolar ko‘rib chiqiladi. Dual ta’lim orqali ishlab chiqarish va ta’lim o‘rtasidagi integratsiyaning kuchayishi, bitiruvchilarning raqobatbardoshligi va mehnat bozoriga tayyor holda kirib borish imkoniyatlari yoritiladi. Muallif tomonidan O‘zbekistonda dual ta’lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida dual ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish masalalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Bugungi kunda respublikada ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Dual ta’lim tizimi o‘quv jarayonida nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish va ta’lim o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlashga xizmat qilmoqda. Maqolada rivojlangan davlatlar, xususan Germaniya, Shveytsariya, Janubiy Koreya tajribalari asosida dual ta’lim tizimining samarali tamoyillari, ularni O‘zbekiston sharoitida joriy etish imkoniyatlari, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PQ-3815-son “Professional ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PQ-4742-sonli qarori “Kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
4.Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori “O‘zbekiston Respublikasida dual ta’lim tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”.
5.Jo‘rayev A., Mamatqulov A., “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va dual ta’lim tizimi asoslari”, Toshkent, 2021.
6.Axmedov B., “O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari”, Monografiya, Toshkent, 2020.
7.Xasanov I., Karimov Sh., “Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi: muammo va yechimlar”, Ilmiy-amaliy maqolalar to‘plami, Toshkent, 2022
8.Bundesministerium für Bildung und Forschung (BMBF). “Vocational Education and Training in Germany”, Berlin, 2019.
9.OECD (2017). “The next steps for Apprenticeship – Dual education models”, OECD Publishin.
10.ILO (International Labour Organization). “Dual Training System Guidelines”, Geneva, 2016.




















